«Vazir o‘rinbosarining ikkinchi xotini» qo‘lga tushdi
Poytaxtdagi tunggi reydlar vaqtida qiziq hodisa yuz berdi. Ushbu hodisa videolavhasi TV orqali ham namoyish etilgan.
Chilonzorda tumanida harakatlanib kelayotgan «Neksiya» avtomobili to‘xtatilganda, haydovchi hujjatsiz yurgani ma’lum bo‘lgan.
Haydovchining yonida bo‘lgan va o‘zini opasi deya tanishtirgan ayol esa YPX xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, o‘zini «zamministrning ikkinchi xotini» ekanini aytib, qo‘yib yuborishlarini talab qilgan.
Ayol aynan qaysi vazir o‘rinbosarini nazarda tutgani qorong‘u. Mazkur video bo‘yicha rasmiy munosabat ham e’lon qilinganicha yo‘q.
Hodisa videosi ushbu havolada.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter