Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YPX xodimini masxara qilib videotasvirga olgan bloger va sherigi jazolandi

YPX xodimini masxara qilib videotasvirga olgan bloger va sherigi jazolandi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz shahar sudining 2025-yil 5-dekabrdagi qarori bilan mahalliy bloger Maqsud Muzaffarov (1988-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan) va uning sherigi B. R. (1999-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan) Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 195-2-moddasida (huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining foto- va (yoki) videotasvirini ularning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan tarzda buzib tarqatish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi.

Huquqbuzarlar M. M. va B. R. jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Shahrisabz shahrida xizmat vazifasini bajarayotgan yo‘l-patrul xizmati inspektori T. X.ni obro‘sizlantirish maqsadida uni videotasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.

Sudning qaroriga ko‘ra M. M.ga 10 sutka va B. R.ga 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring