Gazdan noqonuniy foydalangan MChJ rahbari davlatga 315,8 mln so‘m zarar yetkazdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati,Tuproqqal’a tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruvda o‘tkazildi. Unda tumandagi «H.» MChJ rahbari va boshqalar jamiyatga qarashli issiqxonani hech qanday hujjatlarsiz noqonuniy ravishda gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, davlat manfaatlariga 315,8 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra ushbu issiqxonada noqonuniy foydalanilgan 315 ming m3 tabiiy gaz 2 oy davomida hududdagi 200 ta xonadonni uzluksiz gaz bilan ta’minlashga yetishi ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter