Yakkasaroy tumanida ko‘prik ustida «Gazel» yonib ketdi

Bugun, 23 iyul kuni soat 19:35 da Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasidagi ko‘prik ustida harakatlanib ketayotgan «Gazel» rusumli yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan va yong‘in o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter