Yana qizlar zo‘rlandi. Bu safar Qo‘qonda!
Qo‘qon shahridagi maxsus yengil sanoat kolleji xodimlaridan bir nechtasi o‘quvchi qizlarni zo‘rlashda gumonlanmoqda. Bu haqda Turon24 agentligi xabar berdi.
Qo‘qon shahar huquq-tartibot idoralari shahardagi Maxsus yengil sanoat kasb-hunar kollejida o‘quvchi qizlarning nomusiga tegilgani yuzasidan tergov boshlanganini aytdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qo‘qon shahar Maxsus yengil sanoat kasb-hunar kollejida salomatligida va xulqida nuqsoni bor o‘quvchilar o‘qiydi. Ma’lum bo‘lishicha, kollejning 16 yoshli o‘quvchisi homilador bo‘lib qolgan. Qo‘qon shahar prokuraturasi anonim so‘roq o‘tkazgan. Shunda boshqa qizlar ham jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lishgani haqida yozib berishgan.
“Shahar prokuraturasi shu yilning 15-20-oktabr kunlari kollejning moliyaviy, tashkiliy va tarbiyaviy holati bo‘yicha taftish o‘tkazgan. Barcha xodimlardan tushuntirish xati olingan. Hozir ginekologlar ham o‘quvchi qizlarni tekshiruvdan o‘tkazishmoqda. Ularning 80 foizi zo‘rlash qurboni bo‘lgan bo‘lishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining “nomusga tegish”, “jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish”, “o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish”, “mansab vakolatini suiiste’mol qilish va pora olish” singari moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Kollej direktori davlat mulkini talon-taroj qilganlik va mansab vakolatini suiiste’mol qilish; direktorning haydovchisi, kollej qorovuli, yoshlar yetakchisi va ruhshunosi jinsiy zo‘rovonlikda ayblanib, hibsga olingan.
Eslatib o‘tamiz, shunga o‘xshash voqea Marg‘ilon shahridagi 1-mehribonlik uyida ham kuzatilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter