Yangi hafta boshida bizni qanday ob-havo kutib turibdi?

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 14-may kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +16 ... +18 daraja, kunduzi +23 ... +25 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +13 ... +18 daraja, kunduzi +22 ... +27 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +13 ... +18 daraja, kunduzi +22 ... +27 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +13 ... +18 daraja, kunduzi +22 ... +27 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +13 ... +18 daraja, kunduzi +22 ... +27 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +15 ... +20 daraja, kunduzi +20 ... +25 daraja issiq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +5 ... +10, kunduzi +12 ... +17 daraja iliq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi +13 ... +18, kunduzi +22 ... +27 daraja isishi mumkin. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter