Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi yil kunida ayol uch farzandi bilan bedarak yo‘qoldi

Yangi yil kunida ayol uch farzandi bilan bedarak yo‘qoldi

34 yoshli ayol uch nafar farzandi bilan noma’lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmagan.

Jizzax IIB xabariga ko‘ra, 1989 yilda Jizzax shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, vaqtincha ishsiz, Zarbdor tumani, Yangikent mahallasi Do‘stlik ko‘chasi 7/2-uyda yashab kelgan O‘razova Nodira Xolmirza qizi qidirilmoqda.

Nodira O‘razova 2023 yil 1 yanvar kuni soat 09:30da Jizzax shahri Sayxon MFYda yashovchi otasining uyidan 3 nafar voyaga etmagan (fotosuratdagi) farzandlari bilan noma’lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmagan.

Egnida qizil rangli ayollar ko‘ylagi, ustida siyohrang uzun jenfer, boshida ko‘k ro‘mol bo‘lgan.

O‘razova Nodira Xolmirza qizi hamda uning farzandlari haqida ma’lumotga ega bo‘lgan yurtdoshlarimizdan quyidagi telefon raqamlariga yoki ichki ishlar organlariga xabar berishlari so‘ralgan.

Murojaat uchun telefonlar:

+998722267622

+998722267621

+998996874237

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring