Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangihayotda sodir bo‘lgan yong‘in o‘chirildi

Yangihayotda sodir bo‘lgan yong‘in o‘chirildi

Illyustrativ foto

Bugun, 31 may kuni soat 18:11da Toshkent shahrining Yangihayot tumani  Nilufar ko‘chasida joylashgan sexda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 2 ta maxsus texnika zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 18:28 da qurshab olinib, soat 18:51 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida binoning sendvich panelli tom yopmasining  taxminan 300 kv. m maydoni yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q, tezkor harakatlar natijasida yong‘indan binodagi  mahsulotlar saqlab qolingan.

Ayni vaqtda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring