Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi (video)

Yaponiyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi (video)

Foto: «Zarubejom.ru»

Yaponiya poytaxti hududidagi zilzila oqibatida kamida 16 kishi shikastlandi, deya xabar berdi hukumat bosh kotibi Xirokadzu Matsuno.

«Biz ma’lumot to‘plashni davom ettirmoqdamiz», — dedi u matbuot anjumanida.

NHK telekanalining xabar berishicha, jarohatlanganlar soni allaqachon 22 kishiga yetgan. Ulardan kamida uchtasi Tokio va Saytama prefekturalarida, chamasi to‘qqiztasi Chiba prefekturasida va yana yetti kishi Kanagava prefekturasida qayd etilgan.

Payshanba kuni kechqurun Yaponiyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Dastlab uning kuchi 6,1 ga teng edi, lekin keyin 5,9 ga tushdi. Zilzila 47 ta prefekturaning 26 tasida sezilgan.

Qurbonlar haqida hozircha hech qanday ma’lumot yo‘q. Sunami xavfi e’lon qilinmadi.

Yong‘inlar va suv quvurlarining uzilishi haqida xabarlar bor. Yer silkinishlari, shuningdek, Tokio metrosi va «Sinkansen» tezyurar poyezdlari harakatini vaqtincha to‘xtatdi. Hozir barcha yo‘nalishlarda transport deyarli to‘liq tiklandi. Poytaxt hududida joylashgan aeroportlarga zarar yetmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring