Yaponiyada 21-iyundan buyon zilzilalar to‘xtamayapti

Tokara orollari, Yaponiya
Yaponiya janubi-g‘arbidagi Tokara orollari atrofida iyun oxiridan buyon 1,9 ming martadan ko‘proq zilzila qayd etilgani haqida mamlakat bosh meteorologiya boshqarmasi ma’lum qildi.
21-iyunda boshlangan seysmik faollik hamon davom etmoqda. Eng kuchli — 5,5 magnitudali, 20 km chuqurlikdagi zilzila iyul boshida kuzatildi. Yer osti silkinishlari kuchi Yaponiyaning yetti balli shkalasi bo‘yicha olti ballga yetgan.
Ehtiyot chorasi sifatida Akusekidzima oroli aholisining bir qismi evakuatsiya qilingan.
Yaponiyaning seysmik faollikni tadqiq qilish hukumat komissiyasi yanvar oyida ma’lumot berishicha, mamlakat kuchli zilzilalarga hozirlik ko‘rmoqda — 8-9 magnitudali yer osti silkinishlari ehtimoli keskin oshgan. Yaqin 30 yilda bu hodisaning ro‘y berish ehtimolini mutaxassislar 80 foizga teng deyishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter