Yashirilgan 54 000 AQSh dollari bojxona postida to‘xtatildi

54 000 AQSh dollariga teng bo‘lgan chet el valyutasi noqonuniy ravishda olib chiqilishi bojxona xodimlari tomonidan to‘xtatildi.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi «Navoiy» chegara bojxona posti xodimlari piyoda xolda kirib kelgan ikki nafar yo‘lovchining qo‘l sumkalari bojxona nazoratidan o‘tkazilganida non orasiga yashirilgan 18 000 AQSh dollari hamda yana bir fuqaro kiyimlari ichiga o‘rab yashirilgan 18 000 AQSh dollari va yana bir fuqaro belgilangan tartibda shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, eginidagi shimining chap cho‘ntagida va qorin qismiga kamar bilan qistirilgan holda yashirilgan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan hamda og‘zaki so‘rovda ma’lum qilmagan 18 000 AQSh dollari borligi aniqlandi.
Ushbu fuqarolar boshqa bir shaxsdan umumiy qiymati 54 000 AQSh dollariga teng bo‘lgan chet el valyutasini davlatimizdan qo‘shni davlatga ma’lum bir haq evaziga olib o‘tayotganligi ma’lum qilishdi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter