Yashirining! Yapon telekanali KXDRdan raketa uchirildi deb aholini vahimaga soldi
Yaponiyaning markaziy NHK telekanali Shimoliy Koreyadan ballistik raketa uchirilgani va hukumat tomonidan evakuatsiya e’lon qilingani haqidagi xabarni tarqatib yubordi.
«Vladtime.ru» nashri yozishicha, ma’lumot yolg‘on bo‘lib chiqqqan va telekanal uzr so‘ragan.
Bu yolg‘on ma’lumot bugun mahalliy vaqt bilan 18:55da kompaniyaning veb-sayti va mobil ilovasida, shuningdek, «Twitter»dagi akkauntida e’lon qilingan.
Oradan 10 daqiqacha o‘tib, NHK xato ogohlantirish bergani uchun kechirim so‘ragan.
Bunday yolg‘on ogohlantirish shu kunlarda AQShning Gavayya shtatida ham tarqatilgan, raketa hujumidan pana joylarga yashirinish so‘ralgandi. U yerda vahima yarim soatdan ortiq davom etdi, shundan keyingina hukumat xabarni rasmiy inkor qilib chiqqan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter