Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yashnoboddagi do‘konni yoqib yuborgan shaxs kimligi ma’lum bo‘ldi

Yashnoboddagi do‘konni yoqib yuborgan shaxs kimligi ma’lum bo‘ldi

Foto: Toshkent shahar IIBB

2022-yilning 18-avgustga o‘tar kechasi soat 02.00 larda Toshkent shahrining Yashnobod tumani Tuzel-2 dahasida joylashgan do‘kon va go‘zallik salonida yong‘in sodir  bo‘lgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB rasmiy telegram-kanalida xabar berildi.

Foto: Toshkent shahar IIBB

O‘tkazilgan tekshiruv jarayonida yong‘in 1981-yilda tug‘ilgan N.J. tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173-moddasi («Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring