Yashnoboddagi do‘konni yoqib yuborgan shaxs kimligi ma’lum bo‘ldi
![Yashnoboddagi do‘konni yoqib yuborgan shaxs kimligi ma’lum bo‘ldi](http://static.xabar.uz/crop/1/2/720_460_95_1200143494.jpg)
2022-yilning 18-avgustga o‘tar kechasi soat 02.00 larda Toshkent shahrining Yashnobod tumani Tuzel-2 dahasida joylashgan do‘kon va go‘zallik salonida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB rasmiy telegram-kanalida xabar berildi.
![](https://xabar.uz/static/uploads/53/720__NT4P_qp5IyEWmxBp2YmtSvVCAFnQRw55.jpg)
O‘tkazilgan tekshiruv jarayonida yong‘in 1981-yilda tug‘ilgan N.J. tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173-moddasi («Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter