Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘lovchi poyezdi asfalt tekislovchi mashina bilan to‘qnashdi — Rossiya

Yo‘lovchi poyezdi asfalt tekislovchi mashina bilan to‘qnashdi — Rossiya

Foto: RF IIV Shimoliy Osetiya - Alaniya boshqarmasi matbuot xizmati «RIA Novosti»

Dushanba, 8-noyabr kuni Shimoliy Osetiya (Rossiya)da «Vladikavkaz – Adler» yo‘lovchi poyezdi va asfalt tekislovchi mashina to‘qnashib ketishi oqibatida yo‘l-qurilish texnikasi haydovchisi halok bo‘lgan.

IIV hududiy boshqarmasi xabar berishicha, to‘qnashuv paytida yo‘l-qurilish texnikasi temir yo‘lni kesib o‘tuvchi piyodalar yo‘lagini asfaltlayotgan bo‘lgan.

To‘qnashuv oqibatida poyezd izdan chiqib ketmagan va yo‘lovchilarga shikast yetmagan. Baxtsiz hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring