Yong‘indan qochgan ilonlar, tiriklayin yonayotgan quyonlar: rasmiy munosabat bildirildi
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatidagi «Qolgansir o‘rmon-ov xo‘jaligi» sun’iy ravishda yoqib yuborilishi oqibatida yong‘indan qochgan ilonlar aholiga yaqin joylarda ko‘payib ketayotgani, quyonlar va qushlar tiriklayin yonayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Davlat ekologiya qo‘mitasi mazkur xabarga rasmiy munosabat bildirib o‘tdi.
Xabarga ko‘ra, mazkur murojaat Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan joyiga chiqib o‘rganilgan. Aniqlanishicha, 19-mart kuni «Qolgansir o‘rmon-ov xo‘jaligi» maydonining 147,2 gektar maydonida yong‘in sodir bo‘lgan. Qattiq yomg‘ir yog‘ishi sababli yong‘in o‘sha kunning o‘zida o‘chgan.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda ushbu holat yuzasidan Sirdaryo viloyat Ichki ishlar bo‘limi tomonidan yong‘in chiqish sabablari va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter