Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yoz chillasida Forishga sel keldi

Yoz chillasida Forishga sel keldi

Foto: Jizzax FVB.

30-iyul kuni soat 16:15 larda Jizzax viloyati, Forish tumani, Uchma qishlog‘ida kuzatilgan qisqa muddatli yog‘ingarchilik natijasida ariq suvlari keskin ko‘payib, ayrim joylarida o‘zanidan toshib chiqqan.

Jizzax FVB hodisa yuzasidan bayonot berdi. 

Hodisa yarim soatga yaqin davom etib, aholi yashash joylari va ekin maydonlariga jiddiy talafot yetmagan. Jabrlanganlar yo‘q.

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga sel va toshqinlar bo‘yicha fuqarolardan murojaatlar kelib tushmagan.

Ayni vaqtda hodisa joyida FVB xodimlari tomonidan qo‘shimcha o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Vaziyat nazorat ostida, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning aprel oyida Forishda kuchli sel oqibatida jiddiy talofat kuzatilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring