Yunusobod bozorida IIB xodimi pichoqlandi

Toshkentda IIB xodimi pichoqlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
19-may kuni Yunusobod tumani Yunusobod dehqon bozori hududida xizmat olib borayotgan Yunusobod tumani IIO FMB Post-patrul xizmati inspektori safdor I.Ibragimov yer osti tushish yo‘li oldida o‘tib ketayotgan fuqaro o‘zining xatti-harakatlari bilan shubha uyg‘otganligi sababli, uni to‘xtatib tekshirayotgan bo‘lgan. Biroq fuqaro yonida bo‘lgan pichoq bilan to‘satdan xodimga hujum qilib, bo‘yin qismiga jarohat yetkazgan.
Xodim tezkorlik bilan kasalxonaga yotqizilib, uning hayotini saqlab qolishga erishilgan. Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida gumondor shaxs ushlanib, aniqlanishicha, u 1963-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, Jizzax viloyati Paxtakor tumani yashovchi X.A.T. bo‘lib, 2005-yildan beri ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turadi.
Hozirda holat yuzasidan Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25-97 moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumon qilinuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter