Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yunusobodda ko‘pqavatli uyda chiqqan yong‘indan ikki kishi qutqarib qolindi

Yunusobodda ko‘pqavatli uyda chiqqan yong‘indan ikki kishi qutqarib qolindi

Foto: FVV YoXBB

Bugun, 31-oktyabr kuni soat 06dan 26 daqiqa o‘tganda Toshkent shahri Yunusobod tumani 15-dahasidagi ko‘p qavatli 23-uyning 31-xonadonida yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish texnikalari yuborilgan. Bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga 7 daqiqada yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 06:44 da o‘chirilgan.

Yong‘inni bartaraf etish vaqtida ushbu xonadonga mehmonga kelgan ikki nafar fuqaro: 1955-y.t. fuqaro V.G. va 1949-y.t. fuqaro L.G. yong‘in o‘chiruvchilar tomonidan qutqarilgan (hozirda ahvoli qoniqarli).

Yong‘indan uyning 45 kv.metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Foto: FVV YoXBB

Yong‘in oqibatida uyning 5 kv.metr maydonda xona jihozlari yonib zararlangan. Hodisaga mast holda sigareta chekib, uxlab qolish sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring