Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yunusobodda yangi qurilgan uy yonib ketdi. FVV bayonoti

Yunusobodda yangi qurilgan uy yonib ketdi. FVV bayonoti

Skrinshot.

Bugun, 11-may kuni soat 15:24 da Yunusobod tumani 14-daha «Sevinch» MFYda joylashgan ko‘p qavatli uy xonadonlarining birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruvchilar yetib borgan va yong‘in qariyb 20 daqiqada o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida xonadonning 40 kv.m maydonda uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘inni bartaraf yetishga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 1 ta avtonarvon jalb yetilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring