Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zapravkadagi mashina yana kutilmaganda yonib ketdi

Zapravkadagi mashina yana kutilmaganda yonib ketdi

Toshkent viloyatidagi zapravkada mashina yonib ketdi. Bu haqda viloyati IIBB YHXB ma’lum qildi.

13 yanvar kuni soat taxminan 22:00 larda Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida joylashgan gaz quyish shoxobchasida 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro G.Kga tegishli bo‘lgan «Vaz2107» rusumli transport vositasiga gaz quyish vaqtida yongin kelib chiqqan.

Natijada «Vaz 2107» avtomobili qisman yongan.

Ushbu yong‘in natijasida fuqarolar sog‘lig‘iga ziyon yetmagan.

Eslatib o‘tamiz, biroz avvalroq Yangiyo‘lda ham shunga o‘xshash hodisa sodir bo‘lgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring