Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zominda sel to‘xtagani aytilmoqda

Zominda sel to‘xtagani aytilmoqda

Bugun, 4 may kuni Jizzax viloyati Zomin tumanining tog‘li hududlarida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik natijasida tumanning «Peshag‘or», «Achchi», «Qang‘li» va «Sho‘rcha» qishloqlaridan o‘tgan soylarda sel suvlari oqimi kuzatilgani ma’lum qilingandi.

FVV xabariga ko‘ra, hodisa natijasida sel suvlari «Jizzax - Zomin» avtomobil yo‘li ostida o‘rnatilgan quvurlarga sig‘masdan ushbu yo‘lning 25, 26, 27-kilometrlari ustidan toshib o‘tdi.

Zudlik bilan Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati va qutqaruv bo‘linmalari hodisa joyiga yetib borishdi. Qutqaruvchilar tomonidan ikki nafar fuqaro sel oqimlaridan qutqarildi. Hozirda ularning ahvoli yaxshi.

Ayni paytda sel oqimlari to‘xtagan. Avtomobil yo‘llari maxsus texnikalar yordamida sel qoldiqlaridan tozalanib, harakat tiklangan.

Voqea joyida viloyat FVB rahbariyati boshchiligida 140 nafar qutqaruvchilar va 8 ta maxsus texnika, shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat quyi tizimiga kiruvchi tashkilotlarning 83 nafar shaxsiy tarkibi va 25 ta maxsus texnikasi sel oqibatlarini bartaraf etish bilan shug‘ullanmoqda. Xodimlar tomonidan sel suvlari toshgan ko‘chalar, aholi xonadonlari o‘rganilmoqda, sel qoldiqlari tozalanmoqda, hovli va yerto‘lalarda to‘plangan suv maxsus texnikalar yordamida chiqarib tashlanmoqda.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring