Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

100 million so‘m «AQSh orzusi»ga yo‘l ochdi

100 million so‘m «AQSh orzusi»ga yo‘l ochdi

G‘.Yarqulovning uzoq kutgan orzusi ushladigan bo‘ldi. U grin karta sohibiga aylandi.

Biroq, bir masala bor edi, unga MIB davlat ijrochilari aliment sababli xorijga chiqishi uchun «zapret» qo‘yishgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.10.2018 yildagi «Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 808-sonli Qarorining qabul qilinishi qarzdor otalar va farzandi tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lgan onalar uchun ayni muddao bo‘ldi.

Mazkur hujjat bilan alimentlarni oldindan to‘lash yoki aliment to‘lash majburiyatini ta’minlashda garov taqdim etish asoslari belgilab berildi.

Sud qaroriga ko‘ra, qarzdor G‘.Yarqulovdan undiruvchi Z.Sherg‘oziyeva foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun har oylik ish haqi va daromadining ¼-qism miqdorida aliment undirish belgilangan ijro hujjati Byuroning Jizzax shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan edi.

Shu sababli, Ijro harakatlari davomida G‘.Yarqulovning O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqi vaqtincha cheklangan.

G‘.Yarqulov AQSh davlatiga 2024 fevral oyida ketishi uchun aviachipta olib, o‘ziga nisbatan O‘zbekiston Respublikasidan chiqishga qo‘yilgan cheklovni olishga so‘rab ariza bilan Sudga murojaat qilgan.

Sud ajrimiga ko‘ra G‘.Yarqulov 01.01.2029 yilga qadar hisoblangan 100 mln. so‘m aliment pullarini to‘liq to‘landi va O‘zbekiston Respublikasidan chiqishga qo‘yilgan vaqtincha cheklovi bekor qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring