Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adliya vaziri o‘rinbosari savollaringizga javob beradi

Adliya vaziri o‘rinbosari savollaringizga javob beradi

Yesemurat Kanyazov.

Foto: «Tsul.uz»

Ushbu e’lonni o‘qigan vaqtingizdan boshlab 2018-yil 13-iyun kuni soat 16:00 ga qadar ta’lim qonunchiligiga doir masalalar bo‘yicha savollaringizni telegramdagi @tdyuubot manziliga yuborishingiz mumkin.

13-iyun kuni kun davomida Adliya vazirligi mutaxassislari onlayn tarzda ta’lim sohasidagi savollariga javob beradi.

13-iyun soat 16:00 da esa adliya vaziri o‘rinbosari — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Yesemurat Kanyazov «Adliya bilan muloqot/Dialog s yustitsiyey» sahifasi orqali onlayn-muloqotga chiqib, foydalanuvchilarning umumlashtirilgan va tasniflangan savollariga javob beradi.

Savollar 80 ta so‘zdan oshmasligi,  ta’lim sohasiga oid (maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyati va h.k) bo‘lishi lozim.

Ushbu talablarga javob bermaydigan savollar ko‘rib chiqilmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring