Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon davlat universiteti talabasi ushlandi

Andijon davlat universiteti talabasi ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltinko‘l tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda Andijon davlat universiteti talabasi S.E. fuqaro M.ning ishonchiga kirib, uning Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh texnologiyalar universitetidagi o‘qishini Namangan davlat universitetiga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ko‘chirtirib berish evaziga 1 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring