Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Asakaning «karatechi» hokimi jinoiy javobgarlikka tortildi

Asakaning «karatechi» hokimi jinoiy javobgarlikka tortildi

Andijon viloyati, Asaka tumani sobiq hokimi Mansur Alixonovga nisbatan ozodlikdan cheklash jazosi qo‘llanildi. Bu haqda Andijon viloyati prokuraturasiga tayanib «Daryo» xabar bermoqda

Qayd etiishicha, Mansur Alixonovga nisbatan jinoyat kodeksining beshta moddasi bo‘yicha Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, sud tomonidan unga ozodlikni cheklash jazosi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning 27-sentyabr kuni Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishdan keyin faoliyatida yo‘l qo‘ygan jiddiy qonunbuzilish holatlari uchun Mansur Alixonov tuman hokimi lavozimidan ozod etilgandi.

Shuningdek, Asaka hokimining fuqaroni mensimasdan gaplashgani videosi ham tarqalgandi. 

Mansur Alixonov 2020 yilning sentyabr oyida Asaka tumani hokimi lavozimiga tayinlangan. Mazkur tayinlovga qadar Jalaquduq tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. U jang mahoratini ko‘rsatgani bilan ham ijtimoiy tarmoqlarda tanilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring