Yosh qizga behayo harakat qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Toshkent metrosida voyaga yetmagan qizga behayo harakat qilgan erkak qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, Toshkent metropolitening «Olmazor» bekatida voyaga yetmagan qizga behayo harakatlar sodir etgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 129-moddasi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, gumondor ilgari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166 (talonchilik), 169 (o‘g‘rilik) hamda 127 (voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) moddalarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun sudlangan shaxs ekani aniqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter