Bloger Emine Karamanova 7,5 yilga «kesildi»
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi appelyasiya sudlov hay’atining 13 dekbr kungi sud majlisida Emine Karamanova (Lenara Miraaxmedova)ga nisbatan quyi instansiya sudining 7,5 yillik qamoq jazosi o‘zgarishsiz qoldirildi. Bu haqda huquq faoli A.Tashanov ma’lum qildi.
47 yoshli bloger O‘zbekiston Respublikasi JKning 139- (Tuhmat), 140- (Haqorat) va 165- (Tovlamachilik) moddalari bilan ayblangan.
Tergov organi tomonidan blogerga qo‘yilgan JKning 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastarata qilish yo‘li bilan talon-taroj qilish) va 228- (Hujjatlarni qalbakilashtirish) aybi uning zimmasidan chiqarib tashlangan.
Tovlamachilik epizodi bo‘yicha jabrlanuvchi Yangiyo‘l tumani hokimligi mutasaddisidir.
Bloger jazo muddatini umumiy tartibdagi koloniyada o‘taydi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning bahorida ijtimoiy tarmoq faoli Emine-Lemara Mirzaahmedova hibsga olingani xabar qilingandi. Uning qo‘lga olinishi OAVdagi blogerlik faoliyatiga aloqador emas, deyilgandi IIBB axborot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter