Bolasiga azob bergan ota 10 sutkaga qamaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda erkak tomonidan farzandini urib, shafqatsiz munosabatda bo‘layotgani haqida videoxabar tarqalgandi.
Bugun, 1 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudida A. E.ga (1981 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, oilali, besh nafar farzandi bor, muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilmagan) oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilib, sudning qarori e’lon qilindi.
Sudning qaroriga muvofiq A. E. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi (haqorat qilish) va 59-2-moddasi (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, unga MJtKning 34-moddasiga (bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanish) asosan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter