Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bunisi o‘tib tushdi: fermer uchun yer muhimmi yoki tuproq?

Bunisi o‘tib tushdi: fermer uchun yer muhimmi yoki tuproq?

Foto: «Xabar.uz»

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida g‘alati voqea yuz berdi. «S.X.» fermer xo‘jaligining yerlarida olib borilgan nazorat vaqtida, 877-dala konturida jami 0,10 ga yer maydonidan yuk mashinalarda tuproq tashib ketilayotgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan fermer xo‘jaligi rahbaridan tushuntirish so‘ralganda, bu yer balandligi uchun sug‘orish chog‘ida noqulaylik keltirib chiqargani sabab qilib ko‘rsatadi. Ammo Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari mutaxassislar yordamida olib borgan tekshirishda, mazkur yer maydoni hech qanday baland emasligi ma’lum bo‘ldi.

Aytishingiz mumkin: «Xo‘sh, nima bo‘libdi, tuproq kammi, bu bilan kimga qanday zarar yetadi?»

Mutaxassislarning fikricha, yerning ustki qatlami unumdor qatlam hisoblanadi. Uning qirib olinishi yaqin yillarda o‘sha yerda ekin hosili yaxshi bo‘lmasligini  anglatadi.

Shu sababdan, shunday holatlarda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi tegishli modasi bilan javobgarlik masalasi ko‘rsatilgan.

Yuqoridagi holat bo‘yicha ayni shu qonun doirasida javobgarlik masalasi hal etildi.

A.Xolmuratov

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring