Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashina shinalarini yechib ketayotgan guruh ushlandi

Mashina shinalarini yechib ketayotgan guruh ushlandi

Joriy yilning 21 yanvar kuni Yangiyo‘l shahar IIBga kelib tushgan xabar asosida IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, tungi vaqtda avtomashina shinalarini yashirin ravishda yechib, mashinalarni g‘ishtlarga o‘tqazib, shinalarni pullayotgan jinoiy guruh qo‘lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, Yangiyo‘l shahrida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan B.I. tengdoshi J.A. va sherigi 1997 yilda tug‘ilgan N.N.lar bilan birgalikda o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilib, Yangiyo‘l shahri, Yangiyo‘l va Quyi Chirchiq tumanlarida o‘nga yaqin «Cobalt» avtomashinalarining shinalarini tunda kelib yashirin ravishda yechib olib, sotib yuborgan va pullarini shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatishgan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida yuqorida qayd etilgan shaxslar protsessual tartibda qo‘lga olinib, ushlangan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «b» bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring