Dori vositalarining raqamli himoyachisi
2022 yilning muhim voqeasi shubxasiz dori vositalarining raqamli markirovkasiga start berilishi bo‘ldi. Yangi tizim 1 sentyabrdan tadbiq etila boshlandi va eng avvalo axoli salomatligi ximoyasidek muhim vazifani o‘z zimmasiga oldi. Ho‘sh, raqamli markirovkalash qanday tizim va u O‘zbekiston uchun qanchalik muhim?
Jahon sog‘liqni Saqlash tashkilotining qayd etishicha, bugungi kunda farmatsevtika bozorining 10-15% ulushini qalbaki, kontrafakt va falsifikat dorilar tashkil etadi. Bu katta muammo, sababi dori vositasi inson salomatligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan muhim mahsulot hisoblanadi.
«JSSTning ta’kidlashicha, dunyoda kontrafakt va qalbaki dori vositalarining ko‘rsatkichlari 10% atrofida. Ammo Osiyo, Afrika mamlakatlari, Janubiy Amerika uchun bu ko‘rsatkich bozorda 30% va 40 va 50% gacha yetishi mumkin. Dori-darmon o‘ziga hos mahsulot, unga alohida talablar bor va har doim ham tajribali mutaxassis yoki farmatsevtika sanoatining xodimi soxta dorini asl doridan ajrata olmaydi. Xozirda dunyodagi eng samarali usul – Raqamli markirovkalash tizimi»,- deya izohladi Farmatsevtika sohasini nazorat qilish Agentligi huzuridagi farmakologik nazorat bo‘limi boshlig‘i Elvira Svechnikova.
Raqamli markirovkalash – mahsulotlarni ishlab chiqarish, import qilish va aylanmasini nazorat qilish tizimidir. Ushbu tovarlarni kuzatib borish tizimi xalqaro amaliyotda Track & Trace deb ataladi. Har bir ishlab chiqarish birligi qachon va qayerda ishlab chiqarilganligi, kimga jo‘natilgani va qaysi vaqtda iste’molchiga sotilgani nazorat qilinadi.
2022 yilning 2 aprel sanasida Vazirlar Mahkamasida 149-sonli «Dori vositalari va Tibbiy buyumlarni Raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi qaror imzolandi. Unga binoan 1 sentyabrdan e’tiboran ikkilamchi (tashqi) qadoqda ishlab chiqarilgan va import qilingan dori vositalari raqamli markirovka kodiga ega bo‘lishi talab etiladi. 1 noyabrdan e’tiboran birlamchi (ichki) qadoqdagi dorilar ham markirovkalana boshlandi.
«Asl Belgisi» raqamli markirovkalash tizimi ko‘plab afzalliklarga ega. U ham davlatga (soliq va bojxona tushumlarning oshishi), ham biznesga (sog‘lom raqobatni shakllantirish, brendni himoya qilish, bozorni oqlanishi natijasida ishlab chiqarish hajmlarining oshishi) va iste’molchilarga (xarid qilishdan oldin mobil ilova orqali asl mahsulotni tanlash imkoniyati, jamoat nazoratini shakllantirish) foyda keltiradi.
Ya’ni, har bir doriga (qadog‘iga) mahsus Data Matrix kodi qo‘llaniladi va u mahsulot xarakatini kuzatishga yordam beradi. Eng muhimi – chet eldan import qilingan dorilar ham raqamli himoyachiga ega bo‘lishi kerak. Kodni skanerlash orqali kerakli barcha ma’lumotlarni bilib olish mumkin.
«Shuni ta’kidlashni istardimki, biz faqat soxta va kontrafakt farmatsevtika mahsulotlari haqida gapirmayapmiz. Standart bo‘lmagan mahsulotlar degan kengroq tushuncha ham mavjud. Ya’ni, bunda mahsulot standartlar va texnik shartlar talablariga javob bermaydi. Dori vositasini ishlab chiqarishda foydalaniladigan moddalar emas, balki ularning dozasi, yaroqlilik muddati o‘tgani, saqlash qoidalari buzilgani ham inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, yaqinda chegarada oddiy qoplarda insulin olib o‘tmoqchi bo‘lgan uddaburonlar qo‘lga olindi. Insulin esa ma’lum bir harorat rejimiga muhtoj bo‘lgan termolabil dori hisoblanadi. Albatta, agar bu insulin dorixonalarga tushsa, oqibatlari qayg‘uli bo‘lishi mumkin edi». – deya izoh berdi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish Agentligi rahbari Sardor Kariyev.
Tizim yangi, joriy etish esa bosqichma-bosqich davom etmoqda. Ayni vaqtda tizimning samaradorligi oshib bormoqda. Buni ishlab chiqaruvchilar ham aloxida ta’kidlashmoqda, ularga raqamli markirovkalash ilgari bo‘lmagan tahliliy ma’lumotlarni onlayn tarzda yetkazib turibdi. Buning uchun shahsiy kabinet ochish kifoya – dori vositasining «sayohat yo‘li» va yakuniy manzili aniq.
«Raqamli markirovkalash tizimi ishlab chiqaruvchilarga mahsulot sifatini nazorat qilish imkoniyatini beradi. Shuni ta’kidlash kerakki, ko‘plab ishlab chiqaruvchilar uchun muammolar ko‘pincha mahsulot sifati bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuni aytish lozim, dori korxonadan yuqori sifat bilan chiqishi mumkin, ammo uning keyingi yo‘lini – logistikani, tarqatilishi, qaysi dorixonaga va qachon kelganini kuzatish imkoniyatiga ega emas edik. Mutaxassislarimiz dorixonalarga, distribyutorlarga borib, dori-darmonlarni saqlash holati va sharoitlarini tekshiradilar. Va bularning barchasi qo‘lda amalga oshiriladi. Hammasi joyida tekshiriladi. Asl Belgisi bilan bu faoliyatlarning barchasi soddalashtiriladi.
Tizim bilan biz hamma narsani qila olamiz. Dori qaysi dorixonada ekanligi, qachon sotilgani, qanday logistik yo‘l bilan manzilga yetkazilgani, zaxirada har bir turdan qancha qolgani va ortib qolganini bilib turamiz. Raqamli markirovkalashning yana bir katta afzalligi – biz uchun muhim bo‘lgan tahlillarni taqdim etishidir! Ishlab chiqaruvchi har bir mahsulotning qancha sotilishini, dori-darmonlar qayerda va qayerga ketayotganini aniq bilishi mumkin. Asl Belgisi tizimida minimal harakat va ekrandagi barcha tahlillar mavjud!
Ilgari sifat bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelsa va mahsulotni dorixonalardan qaytarib olish lozim bo‘lsa, ushbu jarayon bir necha kunni talab qilardi va o‘sha paytda dori-darmonlar sotilishi davom etardi. Raqamli tizim yordamida bu osonlashdi – Asl Belgisi kerakli operatsiyani amalga oshirib, sanoqli soniyalarda ma’lum bir doriga taqiq qo‘yadi va dorixonalarda bu dori kassadan o‘tolmaydi, uni sotish to‘xtatiladi. Natijada biz iste’molchining sog‘lig‘ini himoya qilamiz! Raqamlashtirish tufayli ishimiz jarayoni ancha oldinga siljidi, hatto 2 yil oldingi holat bilan solishtirganda ham farq osmon bilan yercha!» – deya izoh berdi farmatsevtika kompaniyasi ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i Sherzod Karabayev.
Ayni vaqtda farmatsevtika mahsulotlarining 90% dan ortig‘i raqamlashtirilmoqda. O‘tgan davr mobaynida Asl Belgisi tizimida 502 dan ortiq tovar aylanmasi ishtirokchisi – ishlab chiqaruvchilar, chet ellik ro‘yxatga olish guvohnomalari egalari, xorijiy farmatsevtika kompaniyalarining akkreditatsiyadan o‘tgan vakolatxonalari, ulgurji savdo vakillari ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ushbu mahsulot guruhining 7500 dan ortiq mahsulot kartalari Milliy katalogga kiritilgan. Bu davrda jami 91 milliondan ortiq kod qo‘llanildi. Dorixonalar allaqachon Data Matrix kodli dori-darmonlarni qabul qila boshladilar, ularning haqiqiyligini har bir foydalanuvchi Asl Belgisi mobil ilovasi orqali tekshirishi mumkin.
«2023 yilda biz uchinchi guruhga kirgan dori vositalarini Raqamli kodlari bilan ishlab chiqarishni rejalashtirmoqdamiz – bular kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan orfan preparatlaridir. Shuningdek, 1 va 2-guruhlar bo‘yicha tovarlarni jamlash, kuzatish va muomaladan olib qo‘yish bosqichlari ishga tushiriladi. Kelgusi yil yangi bosqichlarni joriy etish, chakana savdo tarmog‘ini – dorixonalarni ulash, tovar aylanmasining yangi ishtirokchilari bilan ishlash, ko‘plab seminarlar, vebinarlar, konferensiyalar tashkil etish va o‘tkazish uchun juda muhim bo‘ladi. Har bir iste’molchi bozorni oqartirishning faol komponentiga aylana oladi, buning uchun Asl Belgisi mobil ilovasidan faol foydalanish kerak», — dedi mahsulot guruhi menejeri Diyor Rasulev 2023 yilga mo‘ljallangan rejalari bilan o‘rtoqlashar ekan.
Bu jarayonlarning barchasi axoli salomatligini ximoya qilish uchun amalga oshiriladi. Jamoat nazorati vositasi vazifasini bajaruvchi Asl Belgisi mobil ilovasidan hozirgi kunda 50 mingdan ortiq iste’molchilarimiz faol foydalanib kelishmoqda. Data Matrix kodini skanerlab, asl mahsulotni tanlash orqali o‘zini va yaqinlarini ximoya qilish mumkin. Tanlash imkoniyatini beruvchi bu tizim yaqin kelajakda mamlakatimizda qalbaki dorilar bilan kurashdagi samarali vositasi bo‘lib xizmat qilishi va keng imkoniyatlarini namoyon etishiga ishonamiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter