Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Emina Karamanova nega qo‘lga olingani haqida rasmiy ma’lumot berildi

Emina Karamanova nega qo‘lga olingani haqida rasmiy ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoq faoli Emine-Lemara Mirzaahmedova hibsga olingani haqida xabar qilingandi.

Toshkent viloyati IIBB izoh berishicha, 1976 y.t. fuqaro, L.Mirzaahmedovaga tegishli «TEX KREDO» MChJga, Yangiyo‘l tumani hududida joylashgan, xotira maydonchasini zamonaviy shaharsozlik talablari darajasida ta’mirlash uchun shartnoma asosida, mahalliy budjet hisobidan 329 mln. 300 ming so‘m miqdordagi pul mablag‘lari ajratib berilgan.

Keyinchalik, mazkur shartnoma ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvida esa, pudratchi MChJ rahbari, 47 yoshli L.M. (ijtimoiy tarmoqlarda Emina Karamanova taxallusi bilan tanilgan) va boshqalar tomonidan, aslida bajarilmagan 227 mln 135 ming so‘mlik ishlarni qo‘shib yozish orqali rasman bajarilgan ishlar hisobiga kiritib, ko‘p miqdorda budjet mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Boshqa bir holatda ham, ushbu MChJ mansabdorlari tomonidan, xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 7-sonli maktabning qo‘shimcha xo‘jalik binosini qurib berish uchun, shartnoma asosida 157 mln so‘m budjet mablag‘lari ajratilgan bo‘lib, ish hajmini qo‘shib yozish orqali, haqiqatda bajarilmagan ishlar uchun yana 13 mln 441 ming so‘m pullar o‘zlashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining  167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 3-chi qismi, 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash va  qalbakilashtirish, sotish yoki foydalanish), 2 va 3-qismi bilan jinoyat ishi  qo‘zg‘atilgan.

Hozirda pudratchi «TEX KREDO» MJCh rahbari L.Mirzaaxmedova himoyachi bilan  ta’minlangan holda, jinoyat ishiga jalb etilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuni alohida qayt etish joizki, mazkur jarayonlar fuqaro L.M.ning OAVdagi blogerlik faoliyatiga aloqador emas, deyiladi IIBB axborot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring