Endi oddiy fuqarolar ham normativ-huquqiy hujjat qabul qilishi mumkin

«Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ–682-son, 20.04.2021-y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Qonunga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjat (NHH) umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir.
Fuqarolar ham referendum yo‘li bilan NHH qabul qilishi mumkin.
Qonun bilan nizomlar, yo‘riqnomalar, reglamentlar, strategiyalar, konsepsiyalar, doktrinalar, dasturlar va boshqa hujjatlarga alohida ta’rif berildi.
NHH loyihalari huquqiy va korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilishi shart.
NHH loyihalari manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari bilan quyidagi muddatlarda kelishiladi:
- qonun hujjatlari loyihalari – 7 ish kunida;
- Prezident farmonlari va qarorlari, Hukumat qarorlari loyihalari – 3 ish kuni ichida;
- vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning hujjatlari loyihalari – 5 ish kuni ichida;
- mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari loyihalari – 3 ish kuni ichida.
Mazkur muddatlarni buzgan rahbarlar ijro intizomi doirasida javobgar bo‘ladi.
NHH samaradorligini, uning vaqtincha amal qilishini muayyan hududda va shaxslar doirasi bo‘yicha cheklangan holda huquqiy eksperiment doirasida o‘rganish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter