Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada «Hizb ut-Tahrir» a’zolari ushlandi

Farg‘onada «Hizb ut-Tahrir» a’zolari ushlandi

Foto: IIV matbuot xizmati

2020-yilning may oyida Farg‘ona viloyatida istiqomat qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyati ta’qiqlangan «Hizb ut-Tahrir» terrorchilik tashkilotini bir guruh a’zolarining jinoiy faoliyatiga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, ma’lumotlarga ko‘ra ular muqaddam «Hizb ut-Tahrir» tashkilotiga a’zo bo‘lganliklari uchun jazo muddatini o‘tab chiqqan bo‘lib, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy, huquqiy va ma’naviy ko‘makka qaramasdan hamfikrlari bilan jinoiy til biriktirib, aholi orasida «Hizb ut-Tahrir» g‘oyalarini va adabiyotlarini tarqatish, muqaddam jazo muddatini o‘tab chiqqan «tahrirchilar»ni jinoyatga jalb qilish orqali tashkilot safini kengaytirishga qaratilgan xatti-harakatlarni sodir etishgan.

Hibsga olingan shaxslarning yashash manzillarida ekstremistik mazmundagi adabiyotlar mavjudligi aniqlangan va ular protsessual tartibda xolislar ishtirokida rasmiylashtirilib olib qo‘yilgan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularning Andijon, Farg‘ona, Namangan, Toshkent, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan jinoiy aloqalarini aniqlash va tergov harakatlariga jalb qilishga qaratilgan surishtiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring