Firibgar: «Uyingdan o‘lik chiqadi, bolang o‘ladi!»
2021-yil 25-may kuni tuman IIB TBdan tushgan hujjatlarga ko‘ra, Surxondaryo viloyati Bandixon tumanining «Obod turmush» mahallasida yashovchi, H.Mexriniso ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar bergan.
Arizaga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida yashovchi, B.Muhayyo shu yil 16-may kuni H.Mehrinisoning yashash uyiga kelgan. So‘ng «uyingdan o‘lik chiqadi, bolang o‘ladi!» — deb qo‘rqitib, narxi 900.000 (to‘qqiz yuz ming) so‘mlik ayollar tilla ziragi, 2 dona narxi 80.000 (sakson ming) so‘mlik ayollar ro‘moli, 200.000 (ikki yuz ming) so‘m puli, narxi 60.000 (oltmish ming) so‘mlik 2 metr ayollar matosi va 1 dona narxi 60.000 (oltmish ming) so‘mlik yosh bolalar yopinchiqlarini olib ketganligi aniqlangan.
25-may kuni B.Muhayyoga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter