Fuqaroni haqorat qilgan GAI yoxud narkotik mashmashasi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Fuqaroni haqorat qilgan GAI yoxud narkotik mashmashasi» sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan ma’lumot berildi.
Joriy yilning 10-sentyabr kuni Toshkent viloyati, Ohangaron tumani «Olmaliq-Toshkent» avtomobil yo‘lida xizmat olib borayotgan YPX inspektori J.Ubaydullayevning oldiga 1977-yilda tug‘ilgan haydovchi B.M. «Damas» rusumli avtomobilda to‘xtab, YPX inspektori bilan bo‘lgan o‘zaro suhbatda nomaqbul so‘zlar aytib xodimning xizmat vazifasiga xalaqit bergan.
Ushbu holat yuzasidan YPX inspektori J.Ubaydullayev xatti-harakatlari yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, xodimning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi.
Ma’lumot o‘rnida, fuqaro B.M. 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 227-moddasi 2-qismi, 228-moddaning 1 va 3-qismlari, 168-modda 1-qism va 105-moddaning 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etgan bo‘lib, YPX inspektori J.Ubaydullayev uni gumondor sifatida qo‘lga olinishida ishtirok etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter