Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fuqaroning o‘limiga sababchi bo‘lgan inspektor yordamchilari ishi sudda ko‘rib chiqiladi

Fuqaroning o‘limiga sababchi bo‘lgan inspektor yordamchilari ishi sudda ko‘rib chiqiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Oqtom mahallasida yashagan Hasan Xushmatovni ichki ishlar xodimlari majburlab idoraga olib ketib, vahshiylarcha qiynab o‘ldirgani haqida murojaat tarqalgandi.

Keyinroq ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi ochilgani ma’lum qilingandi.

Aniqlanishicha, tuman IIB profilaktika inspektori S.P. o‘zining yordamchilari X.Sh. va T.F. lar bilan birga X.Xushmatovni mashinada olib ketishayotganda, ularga faol qarshilik ko‘rsatganligi sababli profilaktika inspektori yordamchilari X.Sh. va T.F. uning tanasining turli joylariga bir necha marta urib, og‘ir tan jarohati yetkazishgan.

Oqibatda X.Xushmatov 11.07.2021 yil soat 10-00 larda Sho‘rchi tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 11.07.2021 yilda Denov tumani prokuraturasi tomonidan profilaktika inspektori yordamchilari X.Sh. va T.F. ga nisbatan JKning 104-moddasi 3-qismi «d» bandi, 206-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilgan.

 Tergov davomida X.Sh. va T.F. ga nisbatan 12.07.2021 yilda JKning 104-moddasi 3-qismi «d» va 206-moddasi 1-qismi bilan ayblov e’lon qilinib, ularga nisbatan JIB Denov tuman sudining shu kundagi ajrimi bilan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Shuningdek, Denov tuman IIB profilaktika inspektori S.P. ga nisbatan 12.08.2021 yilda JKning 206-moddasi 1-qismi va 208-moddasi bilan ayblov e’lon qilinib, unga nisbatan munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari tamomlanib, ayblov xulosasi bilan viloyat sudiga yuborilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring