Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Gaz»chida insof, MIBchi «yuz» yo‘q!

«Gaz»chida insof, MIBchi «yuz» yo‘q!

Foto: «Xabar.uz»

Gaz idorasi va MIB (Majburiy ijro byurosi) xodimlari faoliyatida uyg‘un nuqtalar yo‘q emas. Xizmat jarayonida vaziyat taqazosiga qarab, ikki taraf bir yoqadan bosh chiqarishi mumkin. Biroq «gaz»chi insofsiz bo‘lsa, MIBchi «yuzsizlik» (yaxshi ma’noda) qilar ekan. Byuroning Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi xodimlari shunday qilishdi.

Nega?

Gap shundaki, yaqinda MIB tuman bo‘limi xodimlari energiya resurslarlardan qonuniy foylanish masalasini o‘rganish jarayonida bir xonadonga kirishadi. Qaraldiki, bu yerda binoiydekkina issiqxona barpo etilgan, ko‘chatlar avj urib o‘smoqda. Yaxshi. Biroq ko‘zni yashnatib turgan issiqxona noqonuniy ravishda tabiiy gaz tarmog‘iga ulab qo‘yilgan ekan. Eng qizig‘i, issiqxona egasi «Hudud gaz» MChJ Yangiqo‘rg‘on tuman filiali xodimi X.Hoshimov ekani kimning xayoliga kelibdi deysiz?!

MIBchilar «yuzxotir» qilishdimi? Yo‘q! Aks holda, ushbuni yozib o‘tirmagan bo‘lardik. Xodimlar yuziga qonunni parda qilib, hisob-kitobga tushishdi: noqonuniy ulanish ortida ta’minotchi korxonaga salkam qirq million zarar yetkazilibdi!

Keyin-chi?

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Hademay masala qonuniy intihosini topadi, nasib...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring