Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokim yordamchisi 30 ming dollar bilan qo‘lga tushdi

Hokim yordamchisi 30 ming dollar bilan qo‘lga tushdi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida hokim yordamchisi bo‘lib ishlagan shaxs 30 ming dollar pora olayotganda ushlandi. 

Qayd etilishicha, hokim yordamchisi fuqaroga tadbirkorlik uchun to‘rtta savdo do‘koni qurish uchun 210 kv.m hududni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali auksionda yutishini ta’minlashi evaziga pul talab qilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda u talab qilingan mablag‘ni olayotganda ushlangan.

Ta’kidlanishicha, hokim yordamchisi muqaddam Jinoyat Kodeksining 167, 168, 205 va boshqa moddalari bilan 3 marotaba sudlangan shaxs hisoblanadi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 28,211-moddasining 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring