Hokim yordamchisining o‘limi yuzasidan bayonot berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Marhamat tumani «Polvontosh» mahallasida hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan F.A o‘z joniga qasd qilgani, marhumning otasi M.M. tuman hokimligi tomonidan o‘g‘lining o‘limi yuzasidan tarqatilgan axborotlarning yolg‘onligi xususidagi murojaati tarqalgan.
Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi bayonot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 16 aprel kuni Marhamat tumani, Sho‘rqaqir MFY, Davlatobod ko‘chasida yashagan, joriy yilning yanvar oyidan buyon hokim yordamchisi lavozimida ishlab kelgan F.A. yashash xonadonida o‘zini-o‘zi osib o‘z joniga qasd qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Marhamat tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, fuqaro F.A.ning badanida bo‘ynidagi osilishdan qolgan strangulyasion egat ko‘rinishidagi izlardan tashqari biron-bir tan jarohatlar aniqlanmagan.
O‘tkazilgan tekshiruv natijasida fuqaro F.A. ning o‘z joniga qasd qilganligi holatida o‘zga shaxslarning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanmaganligi sababli, tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilingan.
Avvalroq ushbu hodisa yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotgani ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter