Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Hududgaz Poytaxt» muhandisi qo‘lga tushdi

«Hududgaz Poytaxt» muhandisi qo‘lga tushdi

Yunusobod tumanida tadbirkordan 1 100 AQSh dollari talab qilgan muhandis ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «Hududgaz Poytaxt»  gaz ta’minoti filiali Yunusobod tumangaz bo‘limining ulgurji iste’molchilar bo‘limi muhandisi X.B. tadbirkor J.ga tegishli bo‘lgan savdo shoxobchasiga tabiiy gaz tarmog‘ini o‘tkazib berish hamda loyiha hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 1 100 AQSh dollari talab qilib, dastlab 100 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, kelishilgan puldan yana 900 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring