Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIB: shifoxonada bemorning tillasi yechib olingan

IIB: shifoxonada bemorning tillasi yechib olingan

Foto: IIB

2021-yil 1-iyun kuni Uychi tumanida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilgan, deya xabar berdi Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.

O‘sha kuni soat 10:00 larda birga yashovchi qizining sog‘lig‘i yomonlashgan bois tuman shifoxonasining bolalar bo‘limiga davolanish maqsadida borgan. Davolanish xonasida uxlab yotgan vaqtida ayolning o‘ng qulog‘ida bo‘lgan bir dona narxi 750.000 so‘mlik tilla baldog‘ini shu honada birga davolanayotgan, 1996-yilda tug‘ilgan ayol o‘g‘irlab olganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Surishtiruv ishlari davomida gumondor shaxs 31-may kuni soat 16:00 larda o‘zi bilan bir xonada davolanayotgan, yana bir ayolning stol ustida turgan karmoni ichidan 240.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab olganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring