Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda ikki fohisha xorijlikni to‘nadi

Surxondaryoda ikki fohisha xorijlikni to‘nadi

Surxondaryo viloyatida fohishaxona tashkil qilgan va u yerda xorijlik shaxsni to‘naganlar ushlandi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Joriy yilning 15-iyul kuni soat 23:00larda Surxondaryo viloyatining Termiz shahri Majnuntol mahallasida yashovchi 52 yoshli N.Q. o‘z yashash uyida qo‘shni davlat fuqarosi, vaqtincha Termiz shahrida joylashgan mehmonxonada yashovchi 35 yoshli S.O., Sherobod tumanida yashovchi 26 yoshli Sh.S. va Termiz shahar Jo‘yjangal mahallasida yashovchi 25 yoshli J.M. ismli ayollarning jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergan.

Shundan so‘ng ikki nafar ayol S.O.ning mastligidan foydalanib, uning 600 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganlar. Sh.S. va J.M.lar ushlanganlar. Mazkur holat yuzasidan Sh.S. va J.M.larga nisbatan o‘g‘irlik qilgani, N.Q.ga nisbatan fohishaxona tashkil etish bilan shug‘ullangani uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi IIV xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring