Kelin bu qilmishi uchun uch yilgacha qamalishi mumkin
Joriy yil 13-iyun kuni Farg‘ona viloyati Rishton tumani Ar-Roshidoniy MFY hududida yashovchi S.D. ismli ayol IIBga murojaat qildi. U 12-iyun kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda qirib, mehmonxonasidagi temir seyfni kalit tanlash yo‘li bilan ochib, narxi 4.200.000 so‘mlik ikki dona tilla sirg‘alari, narxi 3.600.000 so‘mlik bir dona tilla zanjir, narxi 2.000.000 so‘mlik bir dona tilla uzuklarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni jabrlanuvchi S.D. ismli ayolning birga yashovchi kelini K.X. sodir etganligi sababli jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 169-modda 1-qismiga qayta malakalangan.
Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi, deb yozadi Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter