Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Korrupsiyaga qarshi kurashda AQSh tajribasi yo‘lga qo‘yiladi

Korrupsiyaga qarshi kurashda AQSh tajribasi yo‘lga qo‘yiladi

Joriy yilning 20 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov boshchiligidagi delegatsiya Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi boshlandi

Tashrif doirasida AQShning korrupsiyaga qarshi kurashuvchi idoralari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdilar .

Shuningdek xorijiy korrupsiya amaliyotlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, bozorni manipulyasiya qilish, investitsiya maslahatchilarining firibgarligi, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash kabi keng ko‘lamli moliyaviy jinoyatlarni qamrab olgan.

Uchrashuvda mezbonlar tomonidan korrupsiyaga oid ishlarni ko‘rib chiqishning xususiyatlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va korrupsiyaga oid tergov ishlarini nazorat qilish xususida foydali ma’lumotlar berildi.

Muloqot davomida tomonlar korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sonini kamaytirishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar sifatida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar, korrupsiyaga qarshi kurashda davlat tomonidan amalga oshirilayotgan samarali choralar, shuningdek, korrupsiyaning oldini olishda zamonaviy axborot texnologiyalarining o‘rni yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring