Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kutilmagan mehmonlar»ning to‘qqiz nafari qo‘lga olindi

«Kutilmagan mehmonlar»ning to‘qqiz nafari qo‘lga olindi

Shu yilning 4-dekabr kuni Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi korxonalardan birining qorovuli V.V. IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum shaxslar korxona hududiga kirib, uni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, «Samsung» mobil telefonini tortib olib, rangli metallar saqlanadigan omborxona qulfini buzib ochib, metall parchalarini olib ketayotgan vaqtlarida korxona ishchisi S.R. kelib qolishi oqibatida jinoiy harakatlarini oxiriga yetkaza olmay oq rangli davlat raqamlari bo‘lmagan «Ford» rusumli avtomashinada voqea joyidan yashiringanliklarini ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Karmana tumani Yangiobod mahallasida yashovchi X.A., N.M., U.N., A.I., D.X.,  A.X., N.N.lar va Buxoro viloyatida yashovchi O‘.X., M.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.

Tergov harakatlari davom etmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring