Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Tursunov lavozimidan ozod etildi — OAV

Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Tursunov lavozimidan ozod etildi — OAV

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Botirovich Tursunov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda huquq-tartibot organlaridagi manbasiga tayanib, «Gazeta.uz» xabar berdi.

Ulug‘bek Tursunov (1967-yilda tug‘ilgan) 2017-yilning aprelidan buyon Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Qayd etilishicha, uning o‘rniga fevraldan buyon Qo‘qon IIO FMB boshlig‘i lavozimida ishlagan — Ichki ishlar vazirining jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Muhiddin Jo‘rayev tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring