Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashina zavodiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan ayollarga jinoyat ishi ochildi

Mashina zavodiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan ayollarga jinoyat ishi ochildi

2020 yilning yanvar oyidan mart oyiga qadar 37 yoshli M.I. (ayol) va 45 yoshli Z.K. (ayol) o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, 3 nafar fuqaroga Andijon viloyati, Asaka tumanida joylashgan «Uz Auto Motors» AJga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, ishonchga kirib, jami 6.450 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini olib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring