Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mavlonov ikkinchi bor Bosh prokuror o‘rinbosarligiga tayinlandi

Mavlonov ikkinchi bor Bosh prokuror o‘rinbosarligiga tayinlandi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Prezidentning tegishli farmoniga muvofiq, Akmalxo‘ja Yusupovich Mavlonov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari etib tayinlandi.

U bunga qadar Namangan viloyati prokurori lavozimida faoliyat yuritgan.

A.Mavlonov 1975-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2002-yilda Davlatobod tuman prokuraturasida boshlab, Namangan viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2006-yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, Marg‘ilon shahar prokurori, Sirdaryo viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, Xorazm viloyati prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2018-yilning fevral oyidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan.

A.Mavlonov Namangan viloyati prokurorligidan avval ham Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring